Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.


  Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.

 

Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama manzilli qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftar”lari joriy etilgan edi.

Ayni paytda ushbu daftarlarga kiritilgan oilalarni kambagʻallikdan chiqarish ishlari rejali tashkil etilib, muvofiqlashtirilmoqda. Aholining tomorqa yerlardan unumli foydalanish va qoʻshimcha daromadga ega boʻlish borasidagi tajribalari boyitilmoqda.

“Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilinib, 2023-yil 1-oktyabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng BHMning 3 baravari miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

         Bundan, Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno.

         Shuningdek, 2025-yil 1-yanvargacha tadbirkorlarga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning nazoratda boʻlgan (probatsiya) davrida mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini qaytarib berish tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari qaror bilan joriy yilning 1-oktyabridan “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni tashkilotlardagi mavjud boʻsh hamda zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish tizimi yoʻlga koʻyiladi.

Qaror bilan Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.

Unga koʻra, ish beruvchilar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgandan soʻng 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan keyin subsidiya olish uchun tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga yozma ravishda yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Bugungi kunda, mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni axloqan tuzatish, tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                  N. Anarqulova.