Янгиликлар
Tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazishda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi belgilandi.
Tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazishda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi belgilandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan islohotlar, avvalambor, milliy iqtisodiyotimizni yuksaltirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali tadbirkorlik faoliyati rivojiga keng yoʻl ochib berishga qaratilgan. Ishlab chiqaruvchilarning tovarlarini diversifikatsiya qilish va ularning oʻz tovar belgilariga boʻlgan mutlaq huquqlarini muhofaza qilish mazkur sohadagi ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylanib bormoqda.
Tovar belgisi - bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarining boshka yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farklash uchun xizmat kiladigan belgilangan tartibda ruyxatdan utkazilgan belgidir.
Hukumatning 19-sentyabrdagi qarori bilan Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Mazkur ryeglamentga koʻra, mazkur davlat xizmati Adliya vazirligi (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi. Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani topshirish boʻyicha harakatlar talabnoma beruvchi tomonidan bevosita yoki vakili orqali amalga oshiriladi. Shunga koʻra, davlat xizmatidan foydalanish uchun vakolatli organning axborot tizimi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud pochta aloqasi boʻyicha talabnoma topshiriladi.
Shundan soʻng, talabnoma beruvchi 3 oy davomida talabnoma topshirish uchun patent boji toʻlovini amalga oshirishi kerak. Patent boji toʻlangach, talabnoma qabul qilinib, uning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnoma talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Bundan tashqari, intellektual mulk markazi talabnoma kelib tushgan sanadan 30 kun davomida talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshiradi.
Mazkur ryeglamentga asosan, quyidagilar tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:
-davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
-tovar va uning tayyorlovchisi toʻgʻrisidagi yolgʻon yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;
-jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova