Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlarni maxsus platformada shakllantirish tartibi belgilandi


Inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlarni maxsus platformada shakllantirish tartibi belgilandi

 

Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish, yaʼni “Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali maʼmuriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish hamda “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish.

Hozirgi kunda, dunyo mamlakatlari innovatsion va raqamli iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq tizimli inqirozni boshidan kechirmoqda.

Inson resurslarini boshqarish boshqaruv subyektining inson resurslarini takror ishlab chiqarish, uning sifati va ratsional foydalanishni taʼminlaydigan maqsadli yoʻnaltirilgan taʼsiri sifatida koʻrib chiqish lozim. “Inson resurslarini boshqarish” atamasi ilk bora XX asrning 90-yillarida paydo boʻlib, inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyat maqsadi – bu mehnat resurslariga talab yuqoriligini taʼminlash va takror ishlab chiqarish, ularning umumiy va kasbi mehnat layoqatini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish .

         Joriy yilning 22-sentyabrida qabul qilingan hukumat qarori bilan Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni hrm.argos.uz elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi

Mazkur nizomga koʻra, davlat organlarining ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va ularga ishlov berish, xodimlar faoliyatining samaradorligini avtomatik tarzda baholash, kadrlar boʻyicha maʼlumotlarning elektron arxivini yuritish, rahbar kadrlar uchun belgilangan zaxiralarni shakllantirish hamda inson resurslarini boshqarishga oid boshqa faoliyati elektron platformada amalga oshiriladi.

         Shuningdek, inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish uchun yuridik shaxs maqomidagi davlat organlari elektron platformadan foydalanuvchi hisoblanadi.

         Bundan tashqari, barcha foydalanuvchilar elektron platformada shaxsiy ERI (Elektron raqamli imzo) kaliti orqali roʻyxatdan oʻtadi,

Bunda davlat organi rahbari shaxsiy ERI kaliti yordamida davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi masʼul xodimini belgilab, unga elektron platformadan foydalanish imkoniyatini beradi.

         Nizomga asosan, inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi xodimi shaxsiy ERI kaliti yordamida elektron platformada maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantiradi hamda yuritadi.

Elektron platformada davlat organi tuzilmasini uning shtat jadvaliga muvofiq boʻlinmalar va ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish orqali shakllantiriladi. Bunda har bir lavozim alohida yaratiladi.

         Shuningdek, elektron platformada davlat organlarining ichki idoraviy hujjatlari (buyruq, qaror va farmoyish) ERI bilan tasdiqlangan holda faqat elektron platformada shakllantiriladi va qabul qilinadi.

         Mazkur elektron platforma orqali qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar ijroga qaratish uchun edo.ijro.uz axborot tizimiga avtomatik tarzda yuboriladi.

         Bundan tashqari, davlat organlarining vakant lavozimlarini eʼlon qilishdan tortib, tanlov oʻtkazish va ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha boʻlgan jarayonlar elektron platforma va vacancy.argos.uz axborot tizimining oʻzaro integratsiyalashuvi asosida amalga oshiriladi.

         Davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari tomonidan elektron platformaga kiritilgan:

-davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari va ularga qoʻshimcha bitimlar, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi hamda vakant ish oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMMT IDAK” elektron tizimiga;

-xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar “UzASBO” dasturiy majmuasiga avtomatik tarzda yuboriladi.

         Qabul qilingan davlat organlarining belgilangan rahbarlik lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish jarayoni elektron platforma orqali amalga oshiriladi.

         Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari elektron platforma va zaxira.argos.uz platformasining oʻzaro integratsiyalashuvi asosida yuritiladi.

Xulosa chiqarish mumkinki, inson resurslariga zamonaviy talablar yosh xodimlar avlodiga yoʻnaltiriladi. Ular koʻproq harakatchan, ularning qadriyatlari zamonaga mos keladi, ular axborot oqimi bilan ishlay oladi. Shu asosda avlodlar oʻrtasida nizolarni istisno qilish uchun ish beruvchi turli yosh guruhlaridagi xodimlarni boshqalardan ajratib turadigan xususiyatlarni hisobga olishi va ularning kuchli tomonlariga tayanishi kerak boʻlib, axborotlashgan jamiyatda bilimlarni boshqarish samaradorligi insonlar, jarayonlar va texnologiyalar muvaffaqiyatli integratsiyasiga bogʻliq, shu sababli axborotlashgan jamiyatda personalni rivojlantirishning intellektual salohiyatni boshqarish, mustaqil taʼlim tashkiloti konsepsiyasi doirasida yetakchilar va barcha xodimlarni rivojlantirish, personifikatsiya zarurati, foydalilik, bilimlar aniqligi va odamlarning bu bilimlar uchun mukofotlanishi tamoyillariga tayanish hisoblanadi.

Inson resurslarini toʻgʻri rejalashtirish, turli avlodlar vakillari boʻlgan alohida xodimlarning kuchli tomonlaridan foydalanishda korxona rahbariyatida ham turli yoshdagi, ham turli funksional personal guruhlari birgalikdagi ishlashidan sinergiya samarasiga erishish imkoniyati paydo boʻladi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuristkonsulti                                                N. Anarqulova.