Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sentyabrdan nimalar oʻzgarganligini bilasizmi?


Sentyabrdan nimalar oʻzgarganligini bilasizmi?

 

Bilimli inson ongida jaholatga oʻrin qolmaydi.

Bugungi kunda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida qonunchiligimizga bir qator yangiliklar kiritilgan boʻlib, sentyabr oyidan quyidagi oʻzgartirishlar kuchga kiradi:

1.Aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratish bilan bogʻliq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga oʻtkaziladi.

Shuningdek, subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligini elektron platforma orqali onlayn tekshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

2.Qonunchilikka koʻra, har bir tuman (shahar)dagi bittadan maktabda oʻquvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

3.Sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi.

Shuningdek, bu boʻyicha maʼlumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning YAIDXP (my.gov.uz)dagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.

4.Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni qogʻoz shaklida taqdim etish tartibi bekor qilinib, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilish va tadbirkorlar elektron tizimga kiritadigan maʼlumotlar orqali hisobotlarni olish yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, har chorakda joyiga chiqqan holda investitsiya majburiyatlarining bajarilishini oraliq monitoring qilish tartibi bekor qilinadi.

5.Qonunchilikka koʻra, tamaki mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi, pivo mahsulotining ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Bundan alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha litsenziya yoki xabarnomaga ega boʻlgan subyektlar mustasno.

 

6. Bugungi kunda qonunchilishimizga binoan, bank ustav kapitalining eng kam miqdori 200 milliard soʻmni tashkil etishi kerak boʻlib, ilgari bank ustav kapitalining eng kam miqdori 100 milliard soʻmni tashkil etishi lozim edi.

7.Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlar jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga, xorijiy davlatlarga ishga yuboriladigan texnikalardan tashqari texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida talon berish amaliyoti bekor qilinadi.

8.Sentyabrdan boshlab, koʻp kvartirali uylarda zilzilabardoshlikka taʼsir qiladigan konstruksiyalar yaʼni seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi koʻp kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yoʻlaklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) oʻzboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar hamda koʻp kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yertoʻla va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka taʼsir qiluvchi konstruksiyalarga oʻzboshimchalik bilan kiritilgan oʻzgartirishlar aniqlanadi.

9.Shuningdek, “Raqamli hukumat” tizimi doirasida, ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari, qogʻozsiz ish yuritishga oʻtish jarayonini jadallashtirish maqsadida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi negizida ishlab chiqilgan “edo.ijro.uz” moduli orqali elektron hujjat aylanish tizimiga oʻtkaziladi.

10.Aholi tomonidan Energetika vazirligining Internetdagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Bunda, huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilib, huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari soʻroviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

11.Qonunchilikka koʻra, muntazam ravishda “Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshirilib, unda taʼlim tashkilotlarida yongʻinlarning oldini olish va yongʻin sodir boʻlgan vaziyatda harakat qilish boʻyicha batafsil uslubiy mashgʻulotlar oʻtkazish;

-davlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarda ish joylarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;

-jamoat joylarida, taʼlim tashkilotlarida, ish joylarida va turar joy komplekslarida oʻt oʻchirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish nazarda tutiladi.

12.Joriy yilning sentyabridan maktab direktoriga oʻz oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida oʻquv rejalariga 15 foizgacha oʻzgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi berilsa, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining maktab faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash boʻyicha vakolatlari bekor qilinadi;

Shuningdek, hududlarda eng tajribali maktab direktorlaridan iborat Direktorlar kengashlari tuziladi va maktab direktorlari Direktorlar kengashi tavsiyasiga asosan hududiy boshqarmalar tomonidan ochiq tanlov asosida lavozimga tayinlanadi.

13.Bundan tashqari, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik isteʼmol ratsioniga asal mahsuloti kiritilishi mumkin.

14.Eng asosiysi, Oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.

15.Qonunchilikka koʻra, bosqichma-bosqich zamonaviy jihozlangan kutubxonalar va kinoteatrlar tashkil etilib, musiqa cholgʻuchiligi va ashula ijrochiligi boʻyicha pullik maxsus kurslarda oʻqitish tizimi joriy etiladi.

16. Joriy yilning 14-avgustida qabul qilingan Hukumat qaroriga koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan respublikaning barcha 16 ta “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus oʻquv ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Bundan maqsad koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ularni kasb-hunarga oʻrgatish hamda kasb egallashiga koʻmaklashish, ijtimoiy hayotga tayyorlab borishdan iborat.

Inson dunyoga kelar ekan, hazrat Navoiy aytganidek, komillikka intilib, maʼnan boy, jismonan sogʻlom va xulqi pok boʻlib ulgʻayib boraveradi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                   Anarqulova Nazokat.