Янгиликлар
Davlat hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxati kengaytirildi.
Davlat hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxati kengaytirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni bilan tasdiqlangan Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxati joriy yilning 13-sentyabr kunida Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmoni bilan toʻldirildi.
Mazkur farmonga koʻra, davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatiga Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila aʼzolari (ota-onasi, halok boʻlgan vaqtda qonuniy nikohda boʻlgan xotini (eri) va farzandlari)kiritildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga Harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlganda, uning oila aʼzolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi boʻyicha maoshi (oliy harbiy-taʼlim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanishi toʻgʻrisida koʻshimchaga kiritildi.
Mazkur nafaqa 2023-yil 1-apreldan keyingi davrda halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga toʻlanadi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova