Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga kompyuter xaridi bo‘yicha iste'mol krediti foizlarini qoplab berish tartibi


“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga kompyuter xaridi bo‘yicha iste'mol krediti foizlarini qoplab berish tartibi

 

Xizmat: “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste'mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish.

 

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar (31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili).

 

Iste'mol krediti miqdori – ariza beruvchiga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan (8 mln 250 ming so‘mgacha) miqdorda.

 

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar

 

kompyuter sotib olish bo‘yicha ikki tomonlama tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (pdf formatda);

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risida sertifikat (pdf formatda).

 

Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

 

1 Ariza beruvchi tegishli sertifikat berilgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali sertifikatni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

 

2️ Yoshlar ishlari agentligi (vakolatli organ) ariza beruvchining murojaati YaIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 5 ish kuni davomida sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi.

 

3 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan berilgan ma'lumotnoma hamda “Bir million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli tugatganligi haqidagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar kompyuter haridi uchun shartnoma asosida ishlovchi do‘kon topadilar.

 

4️ Kredit rasmiylashtirish uchun AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB hamda AT “Aloqabank”dan biriga murojaat qilishlari mumkin.

 

Banklar tomonidan talab qilinadigan hujjatlar:

 

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotnoma;

“Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘quv kurslarini tugatganligi yoki IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lganligi to‘grisidagi sertifikat nusxasi;

Vakil hamda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport);

Kompyuter yoki noutbuk xaridi uchun do‘kon bilan tuzilgan shartnoma nusxasi.

 

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kunida.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya bo’limi

YUXKM boshligi                                                Sh.I.Suleymanov