Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Portalidagi xizmatlar soni 700 taga oshiriladi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-308, 14.0


Portalidagi xizmatlar soni 700 taga oshiriladi

 

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-308, 14.09.2023 y.) qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 iyundan yangi raqamli xizmatlar va servislar, qoida tariqasida, birinchi navbatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasida joriy etiladi.

 

2024 yil yakunigacha:

 

Yagona portalda ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 700 taga, ularning avtomatlashganlik darajasi 65 foizga yetkaziladi;

 

Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi mobil ilova orqali ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, quyidagi maxsus portallar ishga tushiriladi:

 

2024 yil 1 yanvardan raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlarga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot beruvchi;

 

2024 yil 1 iyundan respublika hududidagi yashil hudud, bog‘ va jamoat parklari haqida axborot beruvchi;

 

2024 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati haqida axborot beruvchi.

 

Shuningdek, shoshilinch tezkor xizmatlar bo‘yicha aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlash bo‘yicha “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

 

2023 yil 1 noyabrdan “oxirgi milya” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga keng polosali Internet tarmoqlarini olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturi amalga oshiriladi.

 

2024 yil yakunigacha magistral telekommunikatsiya tarmog‘i va aholi yashash maskanlarida qo‘shimcha 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari quriladi.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya bo’limi

YUXKM boshligi                                                Sh.I.Suleymanov