Янгиликлар
SAVOL: ALIMENT UNDIRISHI XAKIDA TUSHUNCHA BERSANGIZ?
SAVOL: ALIMENT UNDIRISHI XAKIDA TUSHUNCHA BERSANGIZ?
JAVOB;
Oila kodeksining 96-moddasida, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishi shart ekanligi koʻrsatilgan. 97-moddasida esa, taʼminot berishda ota-onaga birdek majburiyat yuklatilishi nazarda tutilgan. Yaʼni, ota-onaning xar ikkisi xam bolaga aliment berish uchun birdek masʼul. Agar bolalar otada boʻlsa va u onani sudga bersa aliment onadan undiriladi. Xullaski, aliment boʻyicha ota-onada majburiyat 50 ga 50.
Kodeksning 136-moddasida, aliment olish huquqiga ega boʻlgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan soʻng qancha muddat oʻtganidan qatʼi nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli ekanligi keltirilgan.
Demak, ota-ona bolaga aliment toʻlashga majbur, ular aliment boʻyicha birdek majburiyatga ega va aliment olish huquqi vujudga kelganidan boshlab ulardan biri bolalariga ixtiyoriy taʼminot bermay kelayotgan ikkinchisidan sud tartibida aliment talab qilishi mumkin. Farzandlaringiz xali yosh ekanligini va turmush oʻrtogʻingiz Sizdan farqli oʻlaroq farzandlaringiz taʼminotini oʻylamayotganligini inobotga olsak, Siz bemalol birga yashab turib xam turmush oʻrtogʻingizdan farzandlaringizni foydasiga aliment talab qilishga haqlisiz. Bu boʻyicha qonunchilikda biror-bir cheklov yoʻq.
Chirchik shaxar adliya bulimi
YUXKM boshligi A.Fayziyev