Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

SAVOL: 8-mart uchun bayram pulini erkak xodimlar uchun ham bersa boʻladimi?


SAVOL:   8-mart uchun bayram pulini erkak xodimlar uchun ham bersa boʻladimi?

Bu korxona ichki lokal hujjatlariga bogʻliq. Chunki, Mehnat kodeksining
153-moddasi 2-qismiga koʻra, mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, ragʻbatlantirish tarzidagi toʻlovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.

Aytaylik, korxona jamoa shartnomasida ish beruvchi tomonidan xodimlarga belgilangan tartibda tasdiqlangan smetalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 131-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan mukofotlash qoʼllaniladi deb yozilgan boʻlsa, 9 ta bayram (ishlanmaydigan) kunlar munosabati bilan barcha xodimlar uchun (jinsidan qatʻi nazar) mukofotlash qoʼllaniladi.

Mehnat kodeksi 30-moddasiga koʻra jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari quyidagilardir:

qonunchilik normalariga amal qilish;

taraflar vakillarining vakolatliligi;

taraflarning teng huquqliligi;

jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama erkinligi;

majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;

olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini taʻminlash;

tekshirib borishning muntazamligi;

javobgarlikning muqarrarligi.

Demak, xulosa qiladigan boʻlsak, agar korxona ichki lokal hujjatlarida Mehnat kodeksining 131-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan mukofotlash qoʼllaniladi deb yozilgan boʻlsa, erkak xodimlar uchun ham 8-mart bayrami munosabati bilan mukofot berilishi kerak.

 

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi
                                      A.Fayziyev