Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

SAVOL: 1-oktyabr – bayram arafasida necha kun dam olinadi?


SAVOL: 1-oktyabr – bayram arafasida necha kun dam olinadi?

JAVOB: Mehnat kodeksiga koʻra, 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni ishlanmaydigan bayram hisoblanadi. Bu yil 1-oktyabr yakshanbaga toʻgʻri kelmoqda, yakshanba esa umumiy dam olish kuni, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelganda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.

Yaʼni, xodimlar 1-oktyabr bayram boʻlganligi uchun dam oladi, yakshanba dam olish kuni esa dushanbaga koʻchiriladi, shunda:

▫️5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 3 kun – 30-sentyabr (shanba), 1-oktyabr (yakshanba) hamda 2-oktyabr (dushanba) dam oladi.

▫️6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 2 kun – 1-oktyabr (yakshanba) hamda 2-oktyabr (dushanba) dam oladi.

Ushbu qoida barcha xodimlar uchun – xususiy korxonalarda ishlaydiganlar uchun ham, davlat ishida ishlaydiganlar uchun ham amal qiladi.Uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash zarurati boʻlgandagina dam olish kuni koʻchirilmaydi.

Ushbu qoida Prezidentning 2022-yil 23-dekabrdagi Farmonida ham belgilab qoʻyilgan.

 

 

Chirchik shaxar adliya bulimi

YUXKM boshligi                                                                    A.Fayziyev