Янгиликлар
SAVOL: AVTOMOBILNI BOSHQARISH HUQUQIDAN MAHRUM QILISH MUDDATI.
SAVOL: AVTOMOBILNI BOSHQARISH HUQUQIDAN MAHRUM QILISH MUDDATI.
JAVOB: Maʼmuriy javobgarlk toʻgʻrisidagi kodeksning 28-moddasiga koʻra, muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman yoki shahar sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Ushbu moddaga koʻra, bunday huquqdan mahrum qilish muddati oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak.
Demak, avtomobilni boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati huquqbuzarlikning darajasiga qarab 15 kundan 3 yilgacha davom etishi mumkin.
Chirchik shaxar adliya bulimi
YUXKM boshligi A.Fayziyev