Янгиликлар
SAVOL: Maktab oʻqituvchilariga daftar tekshirganlik va sinf rahbarlik uchun qancha haq toʻlanadi?
SAVOL: Maktab oʻqituvchilariga daftar tekshirganlik va sinf rahbarlik uchun qancha haq toʻlanadi?
JAVOB: Maktab oʻqituvchilariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga (980 ming soʻm) nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:
-15 nafar oʻquvchigacha – 26,4 foiz;
-16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha – 31,6 foiz;
-21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha – 36,9 foiz;
-26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha – 42,1 foiz;
-31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda – 52,8 foiz;
Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda – 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda – 17,6 foiz.
- informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz.
Chirchik shaxar adliya bulimi
YUXKM boshligi A.Fayziyev