Янгиликлар
SAVOL: Tashkilotlarda shtat qisqarganida homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni ishdan boʻshatish mumkin emas!
SAVOL: Tashkilotlarda shtat qisqarganida homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni ishdan boʻshatish mumkin emas!
JAVOB: Mehnat kodeksining 163-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi holatlarda hodimni ishdan boʻshatishi mumkin emas:
- Qonunchilikda belgilanmagan asoslar bilan;
- Kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda;
- Xodim “bolnichniy”da boʻlganda (yaʼni, kasal boʻlganda) va taʼtillarga chiqqanida;
- Xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;
- Xodim xizmat safarida boʻlganda;
- Xomilador ayollar homiladorlik davrida.
Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan boʻshatish mumkin. Shtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan boʻshatish mumkin emas.
Chirchik shaxar adliya bulimi
YUXKM boshligi A.Fayziyev