Янгиликлар
SAVOL: AYOLLAR DAFTARIGA 30 YoSHGA TOʻLMAGANLAR XAM KIRITILISHI MUMKINMI ?
SAVOL: AYOLLAR DAFTARIGA 30 YoSHGA TOʻLMAGANLAR XAM KIRITILISHI MUMKINMI ?
JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bobida, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: deb, kiritilishi mumkin boʻlgan toifalar sanab oʻtilgan. Biz esa u toifalarni sanab oʻtirmaymiz sababi savolingizni javobi chiqib boʻldi.
Demak, "Ayollar daftari"ga kiritilish uchun talabgor 30 yoshdan oshgan boʻlishi kerak ekan. Siz hozirgi 27 yoshingizda "Ayollar daftari"ga kiritishlaringni soʻrayman deb tegishli joyga borsangiz ular Sizga oʻttizga kirib keyin keling deyishi mumkin va ularda buning uchun asos bor.
Chirchik shaxar adliya bulimi
YUXKM boshligi A.Fayziyev