Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

SAVOL: AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGANLARGA KOʻRSATILADIGAN YORDAM TURLARI..


SAVOL: AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGANLARGA KOʻRSATILADIGAN YORDAM TURLARI..

JAVOB: Hukumatning 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

1) ishsiz xotin-qizlar uchun — ularni bandligini taʼminlash;

2) tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun —- tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;

3) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda ularni uy-joyini taʼmirlash;

4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — tibbiy yordamlar koʻrsatish;

5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — ijara kompensatsiyasini toʻlash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan taʼminlash;

6) qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish.

 

 

 

Chirchik shaxar adliya bulimi

YUXKM boshligi                                                        A.Fayziyev