Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

SAVOL: Maktab texnik xodimlariga mukofot puli berish mumkinmi?


SAVOL: Maktab texnik xodimlariga mukofot puli berish mumkinmi?

   JAVOB: Oʻqituvchilarga ham, texnik xodimlarga ham mukofot puli berish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom bilan tartibga solinadi.

     Mazkur nizomning 29-bandida umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin deyilgan.

     Koʻrinib turibdiki, bu yerda faqat pedagog xodimlargina nazarda tutilmagan. Umumiy maʼnoda umumtaʼlim muassasalari xodimlari degan jumla ishlatilgan.

 

 

 

Chirchik shaxar adliya bulimi

YUXKM boshligi                                                        A.Fayziyev