Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan yangi qonun qabul qilindi.


Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan yangi qonun qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 11-aprel kuni “xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi [OʻRQ-829 sonli] qonunni imzoladi.

         Mazku qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17, 58, 73, 87, 104-105, 109-110, 115, 118-119, 121, 128-moddalariga, Jinoyat-protsessual kodeksining 84, 325, 334, 345, 381-2, 536-537, 542, 564-moddalariga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 7, 14, 29-1, 41-147-4, 47-5, 189-1, 242-3, 243, 245, 247-moddalariga, Oila kodeksining 80, 170-moddalariga bir qator yangi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

         Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 126-1-modda bilan to’ldirildi. Unga ko’ra shaxsning Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazishi, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashi, ularni qo‘rqitishi, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yishi, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik deb topilishi va bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanaishi belgilandi.

 

 

Piskent tuman adliya boʻlimi Yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

3-darajali yurist                                                                      R.Surobov