Янгиликлар
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021-yildagi PQ-5117-sonli qaroriga muvofiq:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021-yildagi PQ-5117-sonli qaroriga muvofiq:
a) taʼlim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilishi belgilangan.
bunda, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining kamida C1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bogʻliq harajatlari Davlat byudjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar, davlat oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining harajatlari esa oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilangan.
b) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) oʻqituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli boʻyicha sinovdan ozod etiladi.
Bunda, mazkur sertifikatni olish muqobil malaka oshirish shakli sifatida tan olinadi.
v) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega oʻqituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etilishi belgilangan;
g) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilariga Davlat byudjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olishi uchun 1 mln soʻmdan mablagʻlar ajratilishi, bunda, tavsiya etiladigan darslik va oʻquv qoʻllanmalarining roʻyxati hamda ularni sotib olganlik toʻgʻrisida hisobot shakli Xalq taʼlimi vazirligi va Agentlik tomonidan belgilanishi keltirilgan.
Piskent tuman Yuridik xizmat ko`rsatish J.I.Mavlonov
Markazi bosh yurist konsulti