Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida gi 79-sonli farmoni qabul qilindi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida gi 79-sonli farmoni qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-may kunidagi 79-son Farmoniga koʻra maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlarini malakali pedagoglar bilan taʻminlash maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrtataʻlim muassasalariga pedagogik kasblariga birinchi marta qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajyor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi. Stajyor-oʻqituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy maʼlumotli (toifasiz) oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi qoʻllaniladi;

Shunga koʻra 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab yangi qabul qilinayotgan stajyor oʻqituvchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomasining xodimning majburiyatlari qismiga tegishli band kiritilishi lozim hisoblanadi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda malaka toifasini olish boʻyicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda –– pedagogik mahorati baholanadi. Malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish boʻyicha sinovlarni oʻtkazishga moratoriy joriy etiladi. Moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmaydi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytiriladi;

2023-yil 1-sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlariga oʻz oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida oʻquv rejalariga 15 foizgacha oʻzgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi.     

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash boʻyicha vakolatlari bekor qilinadi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlaridan iborat boʻlgan Direktorlar kengashlari tuziladi;

-umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash Direktorlar kengashi tavsiyasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;

-2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarini har besh yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda, sertifikatsiyadan oʻta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

 

Piskent tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Mavlonov