Янгиликлар
Xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlaridir.
Xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlaridir.
Mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega boʻlgan, mehnat kodeksida belgilangan yoshga yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar xodimlar boʻlishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, tashkilotlar, tashkilotlarning filiallari, vakolatxonalari yoki boshqa alohida tarkibiy boʻlinmalari,jismoniy shaxslar ish beruvchilar sifatida ish yuritishlari mumkin:
Jismoniy shaxslar, agar ular yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olingan boʻlsa, oʻziga xizmat koʻrsatilishi va uy xoʻjaligini yuritishda yordamlashish maqsadida uy xizmatchilarini yollashni amalga oshirsa, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ularning kasbiy faoliyati roʻyxatdan oʻtkazilishi va (yoki) litsenziyalanishi lozim boʻlsa hamda ular mazkur faoliyatni amalga oshirish maqsadida xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarga kirishgan boʻlsa ish beruvchilar boʻlishi mumkin.
Piskent tumani Adliya boʻlimi Yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti Mavlanov R.A.