Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi


Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–869, 27.09.2023-y.) bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Unga koʻra, Kodeks quyidagi boblar bilan toʻldirildi:

Hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari (55-bob);

Sudning hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish (56-2-bob).

Shunga muvofiq:

Sud hukmlari, ajrimlari, qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida tekshirilishi mumkin.

Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda prokuror ishtirok etadi.

Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaxslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi.

Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.

Agar shikoyatda yoki protestda ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish toʻgʻrisidagi yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgarishlar haqidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoxud ajrimini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyin 1 yil ichida yoʻl qoʻyiladi.

Hukm chiqargan sud jinoyat ishi taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida tegishli shaxslarni 3 sutka ichida xabardor qiladi.

Qonun bilan shuningdek, hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) berish muddatlari 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartirildi.

Shuningdek, sud hukmi, ajrimini va qarorini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish tartibi belgilandi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida bogʻcha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 27.09.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, tadbirkorlarga, ularning xohishiga koʻra, 2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddatini 2024-yil 1-oktyabrgacha uzaytirishga ruxsat etildi.

Bunda:

➖imtiyozli davr davomida tadbirkorlar tomonidan kredit boʻyicha faqat foiz toʻlovlari amalga oshiriladi;

➖imtiyozli davrda toʻlanishi lozim boʻlgan asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi:

➖Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka boʻyicha;

➖Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka boʻyicha;

➖tumanlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka boʻyicha.