Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

KOMMUNAL TOʻLOVLARNI QAYSI SHAKLDA TOʻLAYMAN


KOMMUNAL TOʻLOVLARNI QAYSI SHAKLDA TOʻLAYMAN

 

Assalomu alaykum. Meni savolim kuyidagicha Oilaviy korxona ochganman faoliyatim ozik-ovkat dukon uyda ochganman,kadastr turar joy ,elektr energiyani axoli tarifida tulaymanmi?

JAVOB:

"Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida"gi qonunning 28-moddasiga asosan Fuqarolarning yashash joyidan oilaviy korxona sifatida ishlab chiqarish uchun foydalanilgan taqdirda, kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz taʼminoti va issiqlik taʼminoti) haqini toʻlash aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida amalga oshiradi.

Kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti korxonalari zarur kommunikatsiya tarmoqlarining oilaviy korxona faoliyati amalga oshirilayotgan joygacha yetkazilishini hamda ulanishini aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida taʼminlaydi.