Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Endi donalab sigaret sotish mumkin emas.


Endi donalab sigaret sotish mumkin emas.

“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–844-son) 24.05.2023-yil Prezident tomonidan imzolanib, rasmiy eʼlon qilingan.

Mazkur Qonunga koʻra, alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizatsiya qilish (sotish, sotib olish va h.k.) taqiqlanadi:

-21 yoshga toʻlmagan shaxslarga va ular tomonidan;

-sotuvchining bevosita ishtirokisiz, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish tokchalaridan, elektron tijorat shaklida;

-sayyor savdo qilish yoʻli bilan, koʻchmas savdo obyektlaridan tashqarida, dorixonalarda;

-bolalarga moʻljallangan tovarlar sotiladigan xonalarda;

-bolalar oʻyinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun moʻljallangan boshqa tovarlarga oʻxshatib ishlangan boʻlsa;

- sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat, sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;

-taʼlim, sport va diniy tashkilotlardan 100 metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida;

-yaroqlilik muddati oʻtganda, mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;

-donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan), isteʼmol oʻrovida (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan.

- Alkogol mahsulotlarini ish joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bogʻlarda, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida isteʼmol qilish taqiqlanadi.

-Chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylar faqat chilim berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan, ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan alohida ajratilgan binolar, inshootlar va obyektlarda tashkil etilishi mumkin.

Alkogol mahsulotlarining isteʼmol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi bosh yuriskonsulti                                                Sulaymon Mamatkulov