Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi amalda


Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning

soddalashtirilgan tartibi amalda

 

Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, maʼmuriy huquqbuzar liklar uchun qoʻllaniladigan jarimalarni ixtiyoriy ravishda toʻlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilib, bu tartib Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 3321-moddasida belgilab berildi.

Endilikda maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan jarimaning 50 foizini oʻn besh kun ichida yoki 70 foizini oʻttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda toʻlashi mumkin. Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:

ushbu Kodeksning 131-moddasi, yaʼni transport vositalarini, 132-moddasi kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi;

136-moddasi, transport vositalari haydovchilarining va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi;

140-moddasi, yaʼni mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositasini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yoʻl qoʻyish kabi huquqbuzarliklar sodir etilganda;

jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda”.

Ushbu tartib maʼmuriy jarimalarni toʻlashda jarimalar yukini kamaytirishga hamda maʼmuriy jarimalarni ixtiyoriy ravishda toʻlash tizimini yanada soddalashtirishga, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlashga xizmat qiladi.

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 Sulaymon Mamatqulov