Янгиликлар
Murojaatlarni koʻrib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor? Qonunchilikka quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:
Murojaatlarni koʻrib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor?
Qonunchilikka quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:
murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik.
Ushbu harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 43-moddasiga asosan 330 ming soʻmdan 990 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi Saidislom Jamolov