Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksida ish beruvchining moddiy javobgarligi belgilandi


Yangi tahrirdagi mehnat kodeksida ish beruvchining moddiy javobgarligi belgilandi

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 333-moddasiga koʻra, nafaqat ish haqini balki xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi belgilangan.

Jumladan, ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va (yoki) xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga toʻlashi shart.

Xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan pulli kompensatsiyaning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining oʻn foizi miqdorida belgilanadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan, xodimga toʻlanadigan pulli kompensatsiyaning miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin. Mazkur pulli kompensatsiyani toʻlash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlashning kechiktirilishida aybi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar yuzaga keladi.

Buni quyidagi misol bilan tushuntirib beramiz. Masalan, ish beruvchi xodimga 2 millionlik ish haqini 6 kun kechiktirdi. Demak, ish beruvchi bu holatda xodimga har bir kechiktirilgan kun uchun 28 mingdan jami 168 ming toʻlaydi.

2 million soʻm (kechiktirilgan toʻlov summasi) * Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi (14%)= 280 ming soʻm

280 ming soʻm * qayta moliyalashtirish stavkasining 10 % = 28 ming soʻm

28 ming *6 (kechiktirilgan kunlar soni) = 168 ming soʻm

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish Markazi bosh yuriskonsulti                            I.Roziqov