Янгиликлар
Yangi mehnat kodeksida voyaga yetmaganlarga berilgan imtiyozlar
Yangi mehnat kodeksida voyaga yetmaganlarga berilgan imtiyozlar
2023-yil 30-aprel kunidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi amalga kiritildi. Mehnat qonunchiligiga koʻra ishga qabul qilishga oʻn olti yoshdan yoʻl qoʻyilishi belgilab qoʻyilgan, lekin;
-Oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha shaxslar bilan ota-onadan birining (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsning) yozma roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
-oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun — olti kunlik ish haftasida — toʻrt soatdan, besh kunlik ish haftasida — besh soatdan, oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu oʻttiz daqiqadan oshmasligi koʻrsatib berilgan;
-Qonunchilikda har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etsa oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga esa oʻttiz kalendar kundan iborat;
-Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanish huquqi xodimlarga uzluksiz ishlagan olti oy oʻtganidan keyin yuzaga kelsa oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslarga esa bu muddat uning hoxishiga koʻra oldinroq berilishi mumkin.
-Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi;
-Oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlardan ogʻir hamda zararli va xavfli mehnat ishlarda foydalanish taqiqlanadi;
-Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik ular oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar har yili majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim. Tibbiy koʻriklar ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
- Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov