Янгиликлар
ALIMENT BOR SHAXS QANDAY TARTIBDA CHETGA CHIQISH MUMKIN?
ALIMENT BOR SHAXS QANDAY TARTIBDA CHETGA CHIQISH MUMKIN?
Oila Kodeksining 145-moddasiga ko'ra, Alimenti bor shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida o‘zi ta’minot berishi lozim bo‘lgan aliment oluvchilar bilan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishi shart. Kelishuvga erishilmagan taqdirda manfaatdor shaxs aliment miqdorining pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi va alimentni bir yo‘la to‘lash to‘g‘risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to‘lash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Shu ishlar qilinganda kelishuv tuzish shart emas.
Vazirlar Mahkamasing Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi 808-sonli Nizomiga ko'ra,
Alimenti bor shaxs (qarzdor) alimentlar summasini oldindan to‘lash yoki alimentlar to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov taqdim etish uchun uning aliment bo'yicha qarzi mavjud bo'lmasligi kerak.
Alimentlarni oldindan to‘lash 5 yildan kam bo'lmagan muddatga, istisno tariqasida 18 yoshga qancha muddat qolgan bo'lsa, shuncha muddatga hisoblanadi.
Alimentlarni muayyan davr uchun oldindan to‘lash yo‘li bilan ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish masalasida qarzdor ijro hujjatini bergan sudga ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada:
- boshqa mamlakatga tashrif buyurish to‘g‘risida taklifnoma;
- boshqa mamlakatda ishga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq va h.k;
- Davlat ijrochisining oldindan to‘lash belgilangan alimentlar summasini hisoblash to‘g‘risidagi qarori;
- aliment bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Alimentlarni to‘lash majburiyatini garov bilan ta’minlash yo‘li bilan ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan sudga taqdim qilinadi.
Garov bilan ta'minlash garov shartnomasi tarzida notarial tasdiqlanishi kerak.
Garov shartnomasi qarzdor va undiruvchi o‘rtasida aliment to‘lash majburiyatini garov bilan ta’minlash va aliment majburiyatlari ikki oydan ortiq muddat davomida bajarilmagan taqdirda undiruvchiga undiruvni garov predmetiga qaratish huquqini berish uchun tuziladi.
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov predmeti bo‘lishi mumkin (ayrim hollar mustasno).
Aliment to‘lash majburiyatini garov bilan ta’minlashda garov qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Alimentlarni oldindan to‘lash yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasining tuzilishi davlat ijrochisi yoki sud tomonidan qarzdor jismoniy shaxsning ilgari belgilangan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni olib tashlash uchun asos hisoblanadi.
Yangiyo`l tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti X.Murodjonov