Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi


Xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi

Xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq bo`lmasa mehnat shartnomasi O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismi 3-bandiga asosan bekor qilinishi ko`zda tutilgan. Unga ko`ra, xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi asosi mavjud bo`lganda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinadi.

Mazkur holatda xodim Mehnat kodeksi 165-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi munosabati bilan bekor qilinayotganligi haqida kamida ikki hafta oldin ogohlantirilishi lozim.

Ushbu muddat davomida Mehnat kodeksi 144-moddasiga asosan Xodim malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga (egallab turgan lavozimiga) muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi xodimga xodimning mutaxassisligiga mos keladigan, birmuncha kam malaka talab etiladigan ishni, bunday ish mavjud bo‘lmaganda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.

Ish beruvchi bu ikki haftalik ogohlantirish muddatni ogohlantirish muddatining davomiyligiga muvofiq keladigan pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqlidir.

Shuningdek, xodimga boshqa ish qidirish uchun haftada kamida bir kun shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqi beriladi.

Xodimni ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi.

Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda Xodimga Mehnat kodeksi 173-moddasi uchinchi qismiga asosan ishdan bo`shash nafaqasi to`lab beriladi.

Bundan tashqari Mehnat kodeksi 100-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi xodimning bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida noloyiq ekanligi bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqining ishdan bo‘shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ko‘pi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi.

Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega bo‘ladi.

Yangiyo`l tumani adliya bo`limi

yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                                             S.Mamatqulov