Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

2023-yil 02-oktabr dushanba kuni dam olish kuni bo`ladi.


2023-yil 02-oktabr dushanba kuni dam olish kuni bo`ladi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni 2-bandida ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktabr — dushanba kuniga ko‘chirilishi;

bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinishi lozimligi belgilab qo`yilgan.

O‘zbekistonda birinchi marotaba bunday amaliyot 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Yaʼni ushbu bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun, 2-oktabr — dushanba kuni ham dam olish kuni sifatida belgilandi.

 

 

Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat

ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti                                 I.Roziqov