Янгиликлар
Yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga asosan taraflarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishda yozma ravishda qo`shimcha kelishuv tuziladi.
Yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga asosan taraflarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishda yozma ravishda qo`shimcha kelishuv tuziladi.
Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek muddatli mehnat shartnomasi istalgan vaqtda taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Mehnat shartnomasi mazkur asos bo‘yicha bekor qilinadigan sana xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qo‘shimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari ko‘rsatilishi shart.
Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov