Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Emansipatsiya nima?


Emansipatsiya nima?

 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 28-moddasiga ko‘ra o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.

Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi.

Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar.

Voyaga yetmagan 16 yoshga to‘lgan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb topish uchun u mehnat shartnomasi asosida doimiy ish joyiga ega bo‘lishi yoki tadbirkorlik faoliyati bilan mustaqil daromadga ega bo‘lishi zarur.

Muomalaga to‘liq layoqatli deb e’lon qilingan shaxs to‘liq hajmda fuqarolik huquqlariga ega bo‘lib o‘zi yetkazgan zarar uchun o‘zi javobgar bo‘ladi. Ammo qonunchilikda yosh cheklovi bilan cheklangan qator burch va huquqlar mavjud. Masalan, emansipatsiya qilingan voyaga yetmagan fuqaro alkogol mahsulotlari iste’mol qilishga haqqi yo‘q, homiy yoki vasiy bo‘la olmaydi. Jinoyat sodir etganida unga nisbatan voyaga yetganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

 

Ohangaron tuman adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                 A. Sa`dullayev