Янгиликлар
Fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati
Fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga ko‘ra barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasida fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Xullas, fuqarolarning huquq layoqati bilan muomala layoqatining bir biridan asosiy farqi shundaki, fuqarolarning huquq layoqati ular tug‘ilganidanoq vujudga kelsa, fuqarolarning muomala layoqati yuqorida keltirilgan ma’lum yosh bilan belgilanadi.
Ohangaron tuman adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti A. Sa`dullayev