Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ishsizlik nafaqasi qaysi hollarda beriladi?


Ishsizlik nafaqasi qaysi hollarda beriladi?

 

O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunning 44-moddasida shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish shartlari mavjud: o‘n olti yoshdan to pensiya ta’minoti huquqini olish yoshigacha bo‘lgan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb e’tirof etiladi.

Ushbu qonunning 47-moddasida ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari sanab o‘tilgan:

ishsizlik nafaqasi to‘lanishini;

mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to‘lanishini va shu davr umumiy mehnat stajiga qo‘shilishini;

mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasiga ko‘ra bepul, shu jumladan grantlar hisobidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni;

haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish imkoniyatini;

tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan subsidiyalarni olish imkoniyatini;

mahalliy mehnat organlarining taklifiga ko‘ra ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa yerga ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq xarajatlar kompensatsiya qilinishini.

Agar shaxs yuqoridagilarga ko‘ra ishsiz deb e’tirof etilsa, davlat tomoknidan ushbu kafolatlarni olishi mumkin. Ishsizlik nafaqalari odatda o‘zlarining aybisiz ishsiz qolgan va faol ravishda ish yangi ish izlayotgan shaxslar uchun mo‘ljallangan.