Янгиликлар
Xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon
Xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 319-moddasiga ko‘ra ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart:
Ø xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;
Ø xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda;
Ø xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda;
Ø xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda.
o Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma’naviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.
Xodim ish jarayonida yetkazilgan ziyon sababli mehnat qilish qobiliyatidan ayrilishi, mol mulkini yo‘qotishi, yoki ish beruvchining harakatlari tufayli yetkazilgan ma’naviy uchun kompensatsiyani talab qilishga haqli. Bu xodimning turmush darajasi keskin pasayishining oldini oladi.
Ohangaron tuman adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti G`. Abduraxmonov