Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

TALABALARNI IJARAGA QO‘YSA SOLIQ TO‘LANMAYDIMI?


TALABALARNI IJARAGA QO‘YSA SOLIQ TO‘LANMAYDIMI?

O‘zbekston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 – yildagi 605-son qarorida ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga ijara haqining bir qismini davlat tomonidan to‘lab berilishi tartibi keltirilgan.

Ushbu qarorga ko‘ra ariza beruvchi yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, shuningdek, respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan davlat oliy ta’lim muassasasining talabasi bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

Talabgorlar bir qancha mezonlarga javob berishi lozim. Ular:

- kam ta’minlangan oilalarning farzandlari;

- boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar;

- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

- to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar;

- vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalar;

- “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi bo‘lganlar;

- onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oila farzandi bo‘lganlar;

- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning farzandi bo‘lganlar;

- oila a’zolari «Mehnat-migratsiya» dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;

- oliy ta’lim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandi bo‘lganlar;

- davlat oliy ta’lim muassasasida o‘rnak ko‘rsatganligi va faol bo‘lganligi (xalqaro, respublika, hudud va ta’lim muassasasi miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari, ko‘rik tanlovlar g‘oliblari, fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida faol qatnashganligi, jamoatchilik asosida targ‘ibot guruhlaridagi volontyorlik faoliyati).

Barcha talabgorlar yuqoridagi talablarga mos kelishi lozim, talabgorlar maxsus komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi va maxsus komissiyaning ijobiy xulosasi asosida ularga ijara haqining bir qismi davlat tomonidan to‘lab beriladi.

Ijaraga qo‘yuvchi fuqaroda qanday imtiyozlar mavjud?

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378–moddasiga ayrim qo‘shimchalar kiritildi, unga ko‘ra ushbu moddaning 19 prim 1 bandiga ko‘ra, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga daromad solig‘i solinmaydi.

Demak, talabalarni ijaraga qo‘yish asosida orttirilgan daromadingizga daromad solig‘i hisoblanmaydi

                                                                          Angren shahar Adliya bo‘limi yuridik

                                                                                      markazi bosh yuristkonsulti Sh.G.Niyazova