Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodim majburiyatlarini bajarmaganda…


Xodim majburiyatlarini bajarmaganda…

 

Kundalik turmushda “ishlash oson emas”, “ishlashning o’zi bo’lmaydi” iboralarini ko’p eshitamiz. Albatta, ish bilan band bo’lgan odamning o’ziga yarasha ma’suliyat va majburiyatlari bor. Bugungi maqolamizda majburiyatlar buzulganda qanday holat yuz berishi mumkinligiga izoh mavjud.

Bizga ma’lumki, xodimning ish beruvchi oldidagi majburiyatlaridan biri bu mehnat intizomiga rioya etishidir. Mehnat intizomi esa barcha xodimlarning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo‘ysunishidir. Yuqorida sanab o’tgan holatlarga zid ravishda qilingan xodimning xatti-harakati bu ish beruvchining unga nisabatan intizomiy jazo choralaridan birini qo’llashga olib keladi. Ya’ni ish beruvchi xodimga hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima yoki mehnat shartnomasini bekor qilish kabi intizomiy jazo choralarini qo’llashga haqlidir. Intizomiy jazo chorasini faqatgina ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar qo’llay oladi.

Ma’lum bir holat yuzasidan xodimga intizomiy jazo chorasi qo’llanilishidan oldin xodimdan tushuntirish xati olinadi, xodimning tushuntirish xati yozishdan bosh tortishi esa uni javobgarlikdan ozod etmaydi va bu holat dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida, xodim ishda bo‘lmagan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoning sabablari ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi. Agar xodim o’ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash haqidagi buyruq bilan tanishtirilmasa, unga nisbatan intizomiy jazosi qo’llanilmagan hisoblanadi. Bordi-yu xodim, buyruq bilan tanishishni rad etsa bu holatda ham guvohlar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Yana shunisi e’tiborliki, intizomiy jazo qilmish aniqlanganidan keyin darhol, uzog’i bilan bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi lozim. Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.

Shu o’rinda aytib o’tish joizki ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin ham olib tashlash huquqiga ega.

                                         Angren shahar Adliya bo’limi

                                                         Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh

yuriskonsulti Sitora Aktamova O’tkir qizi