Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ish bilan bogʼliq hujjatlarni va ularning ko‘chirma nusxalarini berish


 

Ish bilan bogʼliq hujjatlarni va ularning ko‘chirma nusxalarini berish

 

      O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 117-moddasiga ko‘ra ish beruvchi xodimning arizasiga ko‘ra quyidagi hujjatlarni 3 ish kunidan kechiktirmay berishi shart:

1). ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqlarning ko‘chirma nusxalari;

2). mehnat daftarchasidan yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmalarni;

3). ish haqi to‘g‘risidagi, hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatan to‘langan soliqlar va yig‘imlar haqidagi, mazkur ish beruvchida ishlash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni va boshqalarni.

    Mazkur hujjat nusxalari tashkilot rahbarining yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

     Ish bilan bog‘liq hujjatlar va ularning ko‘chirma nusxalari xodimga bepul beriladi.

 

Аngren shahar Аdliya bo‘limi yuridik

markazi bosh yuristkonsulti S.U.Sirojiddinova