Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

O‘QITUVCHILARGA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?


                 O‘QITUVCHILARGA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.

Bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi.

Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

Maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.

Fan olimpiadasi g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.

O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi.

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.

O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.

Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.

Ko‘p yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan o‘qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.

Respublika fan olimpiadasi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi.

Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Ta’lim muassasalarining chet tillar fanlari o‘qituvchilariga oylik ustamalar beriladi.

O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

Angren Shahar Adliya bo‘limi YXKM

boshlig‘i                             R.Husanov