Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Ayollarga berilgan imtiyozlar


                                   Ayollarga berilgan imtiyozlar

 

             2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga ularning xohishiga koʻra, har yili 14 kalendar kundan kam boʻlmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda taʼtil beriladi (MK 150-moddasi).

     2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin boʻlmagan taqdirda, bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar avvalgi ishidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli boʻlgan ishga oʻtkaziladi (MK 227-moddasi).

     2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qoʻshimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam boʻlmagan muddat bilan beriladi. 2 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi boʻlgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi (MK 236-moddasi).

     3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun kafolat va imtiyozlar:

     Homilador ayollar, 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 84-moddasi).

     3 yoshga toʻlmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi (MK 228-1-modda).

     Ayolga, uning xohishiga koʻra, bolasi 3 yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil ham beriladi (MK 234-modda).

     Homilador ayollar va 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi (MK 237-modda).

     Mehnat qonunchiligida 2-3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollardan tashqari, 12 yoki 14 yoshga toʻlmagan (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan ayollarga ham ayrim kafolatlar nazarda tutilgan. Bular quyidagilardir:

     14 yoshga toʻlmagan bitta va undan ortiq bolani (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolgʻiz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik taʼtillar, ularning xohishiga koʻra yoz vaqtida yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda beriladi (MK 144).

     Homilador ayollarni va 14 yoshga toʻlmagan bolasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu bilan birga homilador ayollarni va 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi (MK 228).

     Homilador ayolning, 14 yoshga toʻlmagan bolasi (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob aʼzosini parvarish qilish bilan band boʻlgan shaxsning iltimosiga koʻra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi (119-modda) belgilashga majburdir
(MK 229).

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi