Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Voyaga yetmaganlarning yuk tashish normalari haqda bilasizmi?


                Voyaga yetmaganlarning yuk tashish normalari haqda bilasizmi?

 

          “O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining chegarasini belgilash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo ‘shma Qarorga ko‘ra, 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, qo‘lda yuk ko‘tarish va tashish normalarining chegarasi:

          o‘g‘il bolalar uchun — 6,5 kg;

          qiz bolalar uchun — 3,5 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim.

           Shuningdek, 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim.

              Bundan tashqari, 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi     

                                                                     

                                                                        Angren Shahar Adliya bo‘limi YXKM

boshlig‘i                             R.Husanov