Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Fuqarolar doyim e`tibor markazida !


Fuqarolar doyim e`tibor markazida !    

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi endilikdayanada soddalashtirilgan bo`lib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan:

a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni:

tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;

litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligini;

davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini;

qimmatli qog‘ozlarga egaligini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirilganligini, dividendlar olinganligini;

kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligini;

jismoniy shaxslar tomonidan alimentlar to‘langanligini va olinganligini;

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;

jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi tugatilganligini;

jismoniy shaxs tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini;

fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligini;

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;

oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni;

b) quyidagi hujjatlarni:

moliyaviy hisobotlar nusxalarini;

jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;

ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil, 24 iyuldagi PF-6269-son Farmoni.                                                             

Toshkent viloyati , Angren shahar

                                                                                         Adliya bo`limi, Davlat xizmatlari markazi

bosh mutaxassisi Nazarova Nargiza Kadambayevna