Янгиликлар
Nogironligi bo’lgan shaxslar va ularga g’amxo’rlik qiluvchi shaxslar uchun qulayliklar.
Nogironligi bo’lgan shaxslar va ularga g’amxo’rlik qiluvchi shaxslar uchun qulayliklar.
Inson huquqlari, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarining kafolatlarini mustahkamlash, inklyuziv rivojlanish, aholining barcha qatlamlari teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotining barcha sohalarida ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-74-son qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq, 2023-yilda:
- muhtoj shaxslar zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bilan;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan va I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul taʼminlanadi.
2023-yil 1-sentyabrdan nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlashda tibbiy xulosa talab qilinmaydi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.
2023-yil 1-maydan shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarga:
- bolaning yonida boʻlish uchun sharoit yaratiladi;
- mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.
Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogironligi boʻlgan shaxs deb topganda ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.
M.Abdraimov
Angren shahar adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi