Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

FUQAROLARGA SUBSIDIYA TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTGA EGAMISIZ.


FUQAROLARGA SUBSIDIYA TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTGA EGAMISIZ.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son hamda «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmonlari asosida koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal va foizlarning bir qismini qoplash hamda yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021 yil 9 dekabrdagi PF-33-son Farmoni asosida daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni aniqlash mezonlarini, subsidiyani hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.

ariza beruvchi — ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

ballar — uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholar toʻplami;

boshlangʻich badal — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻ. Shundan davlat byudjetidan toʻlab beriladigan qatʼiy belgilangan subsidiya va uy-joy qiymatining kamida 5 foizi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan mablagʻ;

boshlangʻich badal uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani ipoteka krediti asosida sotib olishda boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun har yili qatʼiy belgilangan miqdorda Davlat byudjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkaziladigan mablagʻ;

daromadi yuqori boʻlmagan fuqaro yoki oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadlar miqdori:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining (keyingi oʻrinlarda — MHTEKM) 2,7 baravaridan 9 baravarigacha;

Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha boʻlgan oilalar;

ipoteka kreditining eng koʻp miqdori — har yili kelgusi yil uchun talabgor tomonidan birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya (mukammal va joriy taʼmir bundan mustasno) qilish uchun ajratilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdori;

ijtimoiy mezonlar — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilani aniqlashda qoʻllaniladigan keltirilgan asosiy koʻrsatkichlar;

ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi uy-joy bozorida tanlangan uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ipoteka kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari;

komissiya — tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish boʻyicha namunaviy tarkibda shakllantiriladigan komissiya;

subsidiya — ipoteka kreditlari asosida:

kvartira sotib olish uchun boshlangʻich badal va kredit foizining bir qismini;

yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻ;

talabgor — ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya berish toʻgʻrisida ijobiy xabarnomani olgan ariza beruvchi;

uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablagʻlari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yangi qurilgan (qurilish ishlari yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa turdagi noturar bino va inshootlarning keyinchalik rekonstruksiya qilish orqali mulkchilik turi koʻp qavatli uy-joylarga oʻzgartirilgan qurilish va uy-joylar obyektlari bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar (4 va undan yuqori qavatli) hamda fuqaroga umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar;

foiz uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani sotib olishda yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishda ipoteka krediti foizining bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvaragʻiga birinchi 5 yil davomida oʻtkaziladigan mablagʻ.

Bunda davlat byudjetidan toʻlab beriladigan foiz qismi hisobi alohida hisobvaraqda yuritiladi;

xabarnoma — komissiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan hamda ariza beruvchiga tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladigan qarori;

yakka tartibdagi uy-joy qurish — oʻz yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va/yoki alohida qoʻshimcha bino va inshootlar, shu jumladan, binoni buzib qayta qurish;

yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish — bino va inshootlarning arxitektura-rejalashtirish yechimlarini oʻzgartirishga olib keladigan binoning balandligi, qavatlari soni, hajmi va maydonini oʻzgartirish, maʼnan eskirgan konstruksiyalar va muhandislik asbob-uskunalarini almashtirish, dastlabki hajmini saqlab qolgan holda binoning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga taʼsir etuvchi yuk koʻtaruvchi qismlarini almashtirish yoki tiklash, qurilishi yakunlanmagan uy-joyni yakunlash.

Ushbu Nizom doirasida fuqaroga ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida:

hududlarda birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olish;

yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish (mukammal va joriy taʼmirlash bundan mustasno) uchun ajratiladi.

Bir nafar qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori quyidagi maqsadlarda qoʻllaniladi:

subsidiya dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlarining;

hududlarda talabgorlar uchun Davlat byudjetidan ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlab berish uchun ajratiladigan subsidiyaning miqdorlarini aniqlashda.

Subsidiya uni toʻlashning maqsadli parametrlarida belgilangan hududda qurilgan uy-joylar uchun yoʻnaltiriladi.

Bunda subsidiya fuqaro roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida tuman (shahar) kesimida qayta taqsimlanmagan holda fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga ajratilgan subsidiya ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishi mumkin, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.

Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli. Bunda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlangʻich badal boʻyicha subsidiya toʻlovi uy-joy joylashgan tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar soni, subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari, subsidiya soni va umumiy hajmi hamda berish tartibi va shartlarini koʻrsatgan holda, Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali belgilangan muddatda eʼlon beradi.

Ariza beruvchining taqdim etilgan ariza asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi masʼul tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi:

oʻrganib chiqish jarayonida doimiy ishtirok etuvchi masʼul tashkilotlar — Davlat soliq qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmalari;

oʻrganib chiqish jarayonida fuqaroning anketa-arizasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan kelib chiqib, ushbu maʼlumotlarni baholash uchun ishtirok etuvchi masʼul tashkilotlar — tibbiyot birlashmasi, tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari.  

 

Angren shaxar Adliya bulimi

Davlat xizmatlari xodimi

F.A.Xodjamberdiyeva