Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Alimentni kamaytirish tartibi


Alimentni kamaytirish tartibi

 

Oila kodeksining 99-moddasi birinchi qismida 3 va undan ortiq farzand uchun aliment miqdori aliment to'lovchining ish haqi va boshqa daromadlarining ? qismi miqdorida undirilishi belgilangan.

Savolda hozir 3 nafar farzandingiz borligini yozgansiz. Shunday ekan, ikkinchi turmush o'rtog'ingiz ham alimentga beradigan bo'lsa, siz har ikki sud qarorini umumlashtirish va suddan alimentni qayta taqlashni so'rash huquqiga egasiz. Bu Oila kodeksining 115-moddasida qayd etilgan huquqingiz sanaladi.

Shuningdek, siz suddan umumiy aliment miqdorini kamaytirishni so'rashingiz ham mumkin.

Bunda Oila kodeksining 105-moddasiga muvofiq Aliment to'layotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari bo'lib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda o'sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta'minlanib qoladigan bo'lsa, shuningdek aliment to'layotgan ota (ona) nogironligi bo'lgan shaxs bo'lib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bo'lsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bo'lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.

Shuni ham aytish kerakki, har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo'lmasligi kerak (OK 99-m, 2-qism). Hurmatli fuqaro alimentni oldindan to'lash haqida quyidagi post orqali batafsil javob olishingiz mumkin.

 

 

Yangiyo’l tumani Adliya bo’limi

    Yuridik xizmat ko’rsatish

      Markazi boshlig’i                                                   Djamalov Saidislom