Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Maktabda o'quvchilar hijob kiyishlari mumkinmi?


Maktabda o'quvchilar hijob kiyishlari mumkinmi?

 

Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to'g'risidagi nizom 7 bandida " O'zbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o'rta ta'lim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan o'quvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo'shishga yo'l qo'yilmaydi." deb, bayon etilgan.

O'quvchilarning hijob kiyganligi uchun qonunchilikda biror-bir javobgarlik mavjudmi?

Yuqoridagi nizom 18 bandiga muvofiq, o'quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o'quvchilarga quyidagi choralar qo'llanishi mumkin:

ogohlantirish;

kundalik daftariga qayd etish;

tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va ta'lim muassasasidagi yig'ilishlarda ota-

onalar ishtirokida muhokama qilish belgilangan.

 

 

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

Markazi boshyuriskonsulti                                 S.Mamatkulov