Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

SUDGA ARIZANI DAVLAT BOJI TO'LAMASDAN TOPSHIRISH


SUDGA ARIZANI DAVLAT BOJI TO'LAMASDAN TOPSHIRISH

 

“Davlat boji to'g'risida”gi Qonunning 8-moddasiga binoan fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

ish haqini undirish to'g'risidagi da'volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;

alimentlar undirish to'g'risidagi da'volar yuzasidan;

mehnatda mayib bo'lganligi yoki sog'lig'ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi da'volar yuzasidan;

qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, ma'muriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bilan bog'liq nizolar yuzasidan;

jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi da'volar yuzasidan;

yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan;

iste'molchilar — o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog'liq da'volar yuzasidan.

Demak, ushbu toifadagi nizolar bo'yicha sudga ariza bersangiz davlat bojini to'lamaysiz.

 

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

Markazi boshyuriskonsulti                                          I.Roziqov