Янгиликлар
Ta'til uchun pullik kompensatsiya
Ta'til uchun pullik kompensatsiya
Xodim 5 yil mobaynida ta'tilga chiqmagan bo’lsa, foydalanilmagan ta'tillar uchun pullik kompensatsiya qanday tartibda to'lanadi?
-Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan ta'tillar uchun (sonidan qati`y nazar) to'liq miqdorda pullik kompensatsiya to'lanadi. Pullik kompensatsiya ishdan bo'shatish vaqtidagi maosh bo’yicha to'lanishi lozim (MK 234-m. 1-q.; Tartib: VMning 11.03.1997 yildagi 133-son qaroriga 6-ilova; Yuriqnoma, AV ro’yxat raqami 2985. 17.03.2018 y.).
Xodimlarga ish davrida, ularning xohishiga ko'ra, yillik ta'tilning eng oz muddatidan - 21 kalendar kunidan ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya to'lanishi mumkin (MK 234-m. 2-q).
Shu tariqa:
•agar mexnat shartnomasida xodimga 21 kalendar kuni davomiyligida mehnat ta'tili belgilangan bo'lsa, kompensatsiya faqat mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta'tillardan foydalanilmagan barcha yillar (davrlar) uchun to'lanadi;
•agar mehnat shartnomasida xodimga 21+P kalendar kun davomiylikda mehnat ta'tili belgilangan bulsa, bunda p - qo'shimcha ta'til kunlari soni, pullik kompensatsiya xodimning iltimosiga ko'ra xar bir foydalanilmagan yil (davr) uchun qo'shimcha kunlar uchun to'lanadi.
Bunda MK 220-moddaga asosan uzoq yillik ish staji uchun beriladigan qo'shimcha ta'tilni ham pullik kompensatsiya bilan alishtirish mumkin.
E'tibor bering!
O'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy ta'tillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta'tillaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo'shimcha ta'tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo'l qo'yilmaydi (MK 234-m. 3-q).
Xodim yillik mehnat ta'tiliga chiqishga haqli bo'ladi, ish beruvchi esa amaldagi qonunchilikka muvofiq ta'tillar berishi shart. Ish beruvchi ta'tillar jadvalining ijrosini nazorat qilishi lozim. (MK 214-m. 1-q)
Xodimlarga har bir ish davri tugaguniga qadar mehnat ta'tillari berilmasligi ish beruvchi uchun huquqbuzarlik hisoblanadi va tekshiruv chog'ida bu ko'rsatib o'tiladi. Bunday huquqbuzarlik mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo'ladi (MJTK 49-m.).
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
Markazi boshyuriskonsulti I.Roziqov