Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Tilga e’tiborsiz — elga e’tiborsiz.


Tilga e’tiborsiz — elga e’tiborsiz.

 

Oʻzbek tili — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 4-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir.

O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda qabul qilindi (24 moddadan iborat).

2020 yilning 10 aprel kunidagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun bilan 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Bugungi kunda dunyoda 7 mingga yaqin til va shevalar mavjud. Shulardan faqat 178 ta tilga rasmiy maqom berilgan.

Dunyo bo’ylab 50 million odam o’zbek tilida gapiradi va 60 davlatda fan tariqasida o’qitiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasi (Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish)ga ko’ra, fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 2 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

 

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

Markazi boshyuriskonsulti                                          X.Raximov