Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Davlat-xususiy sheriklik asosida bog'cha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi


Davlat-xususiy sheriklik asosida bog'cha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

“Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 27.09.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, tadbirkorlarga, ularning xohishiga ko'ra, 2018–2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo'yicha imtiyozli davr muddatini 2024-yil 1-oktyabrgacha uzaytirishga ruxsat etildi.

Bunda:

imtiyozli davr davomida tadbirkorlar tomonidan kredit bo'yicha faqat foiz to'lovlari amalga oshiriladi;

imtiyozli davrda to'lanishi lozim bo'lgan asosiy qarz bo'yicha to'lovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi:

Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo'yicha;

Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga bo'ysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo'yicha;

tumanlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo'yicha.

 

Yangiyol tumani Adliya bolimi

    Yuridik xizmat korsatish

      Markazi boshligi                                                   Djamalov Saidislom